Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.xasharichi

xasharichi1

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

xasharichi3

xasharichi4

Shu munosabat bilan Davlat statistika qo‘mitasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

xasharichi5

xasharichi6

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligidagi qo‘mita, Toshkent shahar va  Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumani hamda Bekobod shahridagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ariqlar, ko’chalarda  hamjihatlikda hashar o‘tkazilmoqda.

xasharichi7

xasharichi8

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Matbuot xizmati