Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

bekobodichi15032021

bekobodichi115032021

bekobodichi215032021

Aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

bekobodichi315032021

bekobodichi415032021

Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.

bekobodichi615032021

bekobodichi515032021

Qo’mita raisi boshchiligida аholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish doirasida yangi ko’chatlar ham ekildi.

bekobodichi815032021

bekobodichi715032021

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati