Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 41 929 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 712 taga ko‘p.2021- yil yanvar - fevral oyida 1 251 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 191 ta
Toshkent viloyati – 3 641 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 383 ta
Farg‘ona viloyati – 3 303 ta
Andijon viloyati – 3 163 ta
Samarqand viloyati – 3 150 ta
Buxoro viloyati – 2 795 ta
Surxondaryo viloyati – 2 550 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 2 329 ta
Namangan viloyati – 2 322 ta
Jizzax viloyati – 2 058 ta
Xorazm viloyati – 1 939 ta
Navoiy viloyati – 1 595 ta
Sirdaryo viloyati – 1 510 ta
Matbuot xizmati



