2020- yilda tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 58,9 % ni tashkil etdi (2019- yilda – 52,6 %, 2018- yilda – 55,5 %). Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 16,2 % (2019- yilda – 18,3 %, 2018- yilda – 15,0 %), temir yo‘l transportining ulushi 13,1 % (2019- yilda – 11,9 %, 2018- yilda – 11,8 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 8,8 % (2019- yilda – 11,1 %, 2018- yilda – 11,4 %), havo transportining ulushi 3,0 % (2019- yilda – 6,1 %, 2018- yilda – 6,3 %)ni tashkil etdi.

snsichiuz150321

Matbuot xizmati