Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligidagi qo‘mita va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

xasharichi1150321

xasharichi2150321

Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etildi.

xasharichi3150321

xasharichi4150321

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari Yangihayot tumanidagi “Navqiron”, “Do‘stlik” “Yo‘ldosh”, “Al-Farg’oniy” va “Viqor” mahallalarida uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda. Shuningdek, fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha muammolar o’rganilib, tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinmoqda.

xasharichi5150321

xasharichi6150321

xasharichi7150321

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar ва yo‘laklarni hashar yo’li bilan tozalab, obodonlashtirishmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganilmoqda.

Matbuot xizmati