Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 069 tani tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 7 124 ta
Toshkent viloyati – 1 334 ta
Samarqand viloyati – 592 ta
Farg‘ona viloyati – 460 ta
Surxondaryo viloyati – 446 ta
Andijon viloyati – 352 ta
Buxoro viloyati – 303 ta
Namangan viloyati – 264 ta
Navoiy viloyati – 239 ta
Qashqadaryo viloyati – 220 ta
Jizzax viloyati – 209 ta
Sirdaryo viloyati – 184 ta
Xorazm viloyati – 178 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 164 ta
Matbuot xizmati



