16/03/2021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hasharlar tashkil etmoqda.bekabodichi16032021

 Jumladan, “Turkiston” mahallasidagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

bekabodichi116032021

   Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi 2 ta bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

bekabodichi216032021

bekabodichi316032021

 Aholining kayfiyati va turmush farovonligini oshirish maqsadida, mahalla hududining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi uchun “Turkiston” mahallasidagi bir nechta ko‘p qavatli uylarning tashqi ko‘rinishi qo‘mita tashabbusi bilan turli ranglarda bo‘yab chiqildi.

bekabodichi416032021

bekabodichi516032021

Shuningdek, mahalla hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Bo‘sh joylarga yangi ko‘chatlar ekildi. bekabodichi616032021

bekabodichi716032021

bekabodichi816032021

“Mahallabay” ishlash tizimida uyma-uy yurib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularning bandligi va salomatligini ta'minlash masalalari nazoratga olinmoqda. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganilib, ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Shuningdek, karantin paytida ishsiz bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan 20 ta oilalar o‘rganilib, ularning oilalariga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

bekabodichi916032021

bekabodichi1016032021

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Bekobod shahridagi jami 19 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘rganish olib borilib, bir nechta maktablarga 45 dona foydalanishdan chiqqan kompyuterlar va 100 dan ortiq kitoblar yetkazib berildi.

bekabodichi1116032021

bekabodichi1216032021

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.  

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech