Joriy yilning 15- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti mutaxassisi janob Maykl Silver boshchilik qilmoqda.

narxichi1170321

narxichi2170321

Missiyaning asosiy maqsadi – Davlat statistika qo‘mitasining mas'ul mutaxassislari uchun “Eksport va import tovarlari narxlari indeksi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat.

narxichi3170321

Tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umarov Muxtor boshchiligidagi markaziy apparat boshqarmasi boshliqlari hamda  xodimlari ishtirok etishmoqda.

narxichi4170321

Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari Eksport va import tovarlari tavsiflari darajasini belgilash, to‘lov balansi statistikasi,  qiymat vazni indekslarini shakllantirish, gibrid usulda ishlab chaqaruvchilar narxlari indeksi, yirik eksportchi yoki import qiluvchi korxonalar bo‘yicha so‘rovnomalar, kooperativ, savdo va boshqa birlashmalar ma'lumotlari va aks ettirilgan indekslarni qo‘llash, o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar hamda yetishmayotgan narx indekslarini shakllantirish mavzulari bo‘yicha joriy amaliyotning umumiy sharhini o'tkazdilar.

narxichi5170321

Missiya ishi davom etmoqda.

Matbuot xizmati