Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- mart holatiga respublikamizda 2021- yil yanvar-fevral oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 18 565 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 1 330 taga ko‘p.

YANGIKORICHI170321

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Toshkent shahri – 3 181 ta

Qashqadaryo viloyati – 2 356 ta

Toshkent viloyati – 1 570 ta 

Farg‘ona viloyati – 1 473 ta

Samarqand viloyati – 1 625 ta

Buxoro viloyati – 1 226 ta

Namangan viloyati – 1 176 ta

Surxondaryo viloyati – 1 078 ta

Andijon viloyati – 1 038 ta

Xorazm viloyati – 916 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 847 ta

Jizzax viloyati – 800 ta

Navoiy viloyati – 787 ta

Sirdaryo viloyati – 492 ta

Matbuot xizmati