2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 17- mart kuni Toshkent shahri statistika boshqarmasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turkshunoslik” fakulteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan, ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi navbatdagi o‘quv seminar o'tkazildi.
Seminarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri Salayev Dilshodbek va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi dotsent A.X. Ayubjonov o‘z taqdimotlarini ma’ruza qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminarlar qo’mitaning boshqa hududlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan.
Matbuot xizmati







