Joriy yilning 17- mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e`lon qilishning yagona jarayoni hisoblanadi. Aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanib, kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini baholash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.
Tadbirda, qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Tashbekov Erkin Ergashevich hamda boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari Ro’ziboyev Elyorjon Rustamjonovich tomonidan atroflicha javob berildi.
Matbuot xizmati







