Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika byudjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.INVESTICHI180321

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,9 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 10,1 %, Sirdaryo viloyatida 7,5 % va Xorazm viloyatida 7,0 % ga yetdi.

Matbuot xizmati