Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.
Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi vakillari Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.
“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.
Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga tadbirkorlikni o‘rgatish, oilalarning xoxishi va sharoitiga qarab, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni o‘rganishi hamda boshlashi uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va yordam berilmoqda.
Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati










