Joriy yilning 18- mart kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassisi S. Guseynov tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Matbuot xizmati





