IT Park Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, YXHTning Oʻzbekistondagi loyiha koordinatori bilan hamkorlikda “Open Data Challenge 2020” xakatoni davomi sifatida akseleratsiya dasturini tashkil qilmoqda.
Dastur 2 oyga moʻljallangan boʻlib, boshlangʻich loyihalarni axborot va maslahat yordami, shuningdek mutaxassislar va murabbiylar bilan ishlashini taʼminlaydi.
Akseleratsiya dasturi — allaqachon gʻoyaning prototipiga ega boʻlgan, jamoa toʻplagan va oʻz ezgu maqsadlari sari birgina pogʻona yetishmayotganlar uchun mablagʻ olish va loyihani haqiqiy biznesga aylantirish (MVPʼdan to bozorga kengayishgacha) uchun oʻquv va amaliy dasturdir.
Ishtirok etish shartlari:
sizda MVP mahsuloti boʻlishi shart;
Oʻzbekiston yoki jahon miqyosdagi ochiq ma’lumotlardan foydalanishingiz kerak.
Roʻyxatdan oʻtish muddati 2021- yil 30- mart.
Matbuot xizmati



