24/03/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda jami 10,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 100,4 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 517,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,8 % ga teng.

qurilshichi2403231

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 10 166,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,2 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1296,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 7 490,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech