Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga xorijdan 85 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p.
2021- yilning fevral oyida 32 ta elektromobil import qilingan.
2021- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 55 ta
Turkiya – 24 ta
Koreya – 3 ta
AQSh – 2 ta
Litva – 1 ta
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018- yilda – 13 ta
2019- yilda – 39 ta
2020- yilda – 131 ta
Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,5 million AQSh dollari sarflangan.
Matbuot xizmati