Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.

ichi12603

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda.

ichi2260321

ichi3260321
Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.

ichi4260321

ichi5260321

Ishchi guruhi tomonidan Yangihayot tumani mahallalaridagi keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari hamda kerakli dori-darmonlar tarqatildi.

ichi6260321

ichi7260321

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi 3 ta bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. 

ichi8260321

ichi9260321

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati