Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1- mart holatiga O‘zbekiston Respublikasida jami 6,8 trln. so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 63,4 % ini tashkil etdi.

Respublika hududlarida yangi qurilish bo‘yicha bajarilgan ishlarning ulushi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida kuzatilib, u hududdagi jami qurilish ishlarining 80,4 % ini tashkil etdi.

1

Shuningdek, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham ushbu ko‘rsatkich nisbatan yuqori darajada qayd etilib, mos ravishda 74,5 va 71,5 % ni tashkil etdi.

 Matbuot xizmati