Joriy yilning 26- mart kuni “Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish va oldini olish” ga bag'ishlangan mintaqaviy davra suhbati bo'lib o'tdi.
Mazkur davra suhbatida Davlat statistika qo'mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Zoyir Yo’ldoshev ishtirok etdi.
Tadbirda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalarining tegishli davlat organlari vakillari, jumladan tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya vazirliklari, migratsiya va ro'yxatga olish idoralari, statistika idoralari hamda mintaqadagi fuqaroligi mavjud bo’lmagan shaxslar bilan shug'ullanadigan tashkilotlar, Ombudsman jamiyati vakillari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida, fuqaroligi bo’lmaganlik va uning oldini olish bo'yicha xalqaro standartlar ko'rib chiqildi, shuningdek, shu soha bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarish holati, qonunchilikdagi o’zgarishlar bo’yicha mintaqadagi ilg'or tajribalar almashildi.
Matbuot xizmati






