25-26- mart kunlari videokonferensaloqa rejimida  Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda IHTga a'zo davlatlar o'rtasida ma'lumotlar yig'ish va xizmatlar savdosini tahlil qilish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.sesrikichi1270321

Mazkur onlayn seminarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Botir Irgashev ishtirok etdi.

sesrikichi2270321

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad- xizmatlar savdosi bo'yicha ma'lumotlarni to'plash, muvofiqlashtirish va tahlil qilish, xizmat ko'rsatish sohasini o'rganish va bojxona boshqarmalari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda ishonchli ma'lumotlarni almashish bo'yicha yangi metodologiyalardan foydalanishdir.

sesrikichi3270321

Mazkur seminarda BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (ЮНКТАД), Jahon savdo tashkiloti (JST), iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (ОЭСР), Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC), Islom savdo-sotiqni rivojlantirish markazi vakillari ishtirok etdilar.

sesrikichi4270321

sesrikichi5270321

Tinglovchilarga Afrika kontinental erkin savdo hududi, Arab Ligasi savdo xizmatlari ma'lumotlarini to'plash, xalqaro savdo markazi amaliyoti va boshqa xalqaro tashkilotlar tajribalari taqdim etildi.

Matbuot xizmati