Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida respublikada 39141,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 4 783,8 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 104,1 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 2 196,9 mlrd.
moliyaviy – 8 300,7 mlrd
transport – 9 148,0 mlrd
shu jumladan: avtotransport – 4 926,4 mlrd
yashash va ovqatlanish – 1 225,3 mlrd
savdo – 9 979,8 mlrd
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 1 151,4 mlrd
ta'lim sohasi – 1 572,6 mlrd
sog‘liqni saqlash sohasi – 737,4 mlrd
ijara – 949,2 mlrd
kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 662,0 mlrd
shaxsiy – 977,6 mlrd
me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 831,2 mlrd
boshqalar – 1 409,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Matbuot xizmati



