Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.

bekabodichi129032021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hasharlar tashkil etmoqda.

bekabodichi229032021

Jumladan, “Turkiston” mahallasidagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

bekabodichi329032021

bekabodichi429032021

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi 2 ta bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

bekabodichi529032021

bekabodichi629032021

Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Bo‘sh joylarga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. 

bekabodichi729032021

bekabodichi829032021

“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

bekabodichi929032021

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati