29/03/2021

Xorazm viloyati Urganch davlat universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

perepisichi129032021

Unda Urganch shahar statistika bo‘limi  mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda talabalarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

perepisichi229032021

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi329032021

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

perepisichi429032021

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech