Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan O‘zbekistonga 528,5 ming tonna sement import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 354,9 ming tonnaga ko‘p.
2021- yilning ikki oyida import qilingan sement hajmi 2020- yilda import qilingan sementning 1/5 qismiga teng.
O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozog‘iston – 226,7 ming tonna
Qirg‘iz R. – 159,5 ming tonna
Tojikiston – 134,3 ming tonna
O‘z o‘rnida, 2021- yilning yanvar-fevral holatiga O‘zbekistonda 1,3 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.
Matbuot xizmati



