31/03/2021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Samarqand” va “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.


bekabad3103-1

Mahalla hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Bo‘sh joylarga ishchi guruhi tashabbusi bilan yangi ko‘chatlar ekilib, hudud obodonlashtirilmoqda.

bekabad3103-2

bekabad3103-3

 Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

bekabad3103-4

bekabad3103-5

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasining  Bekobod shahridagi mahallalarida o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.

bekabad3103-6

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech