Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 20- maktabda hamda Sariosiyo tumani Feruz maxallasida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, viloyat statistika boshqarmasi Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi, Oltinsoy va Sariosiyo tumani xodimlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida viloyatda 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan komissiya aʼzolariga tegishli topshiriqlar berildi.
Matbuot xizmati




