01/04/2021

Joriy yilning 31- mart kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida qo’mita raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

turkiya-1

turkiya-2

Davlat statistika qo'mitasi raisi Olgan Bekarni Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib saylangani bilan tabrikladi va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

turkiya-3

turkiya-4

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda ikki davlat statistika idoralari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytish  muhokama qilindi.

turkiya-5

Shuningdek, uchrashuvda davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy aloqalarni hamda ikki davlat statistika idoralari o’rtasidagi hamkorlik masalalarini yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

turkiya-6

Uchrashuv iliq va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech