01/04/2021

Joriy yil 1-31 mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazishga tayyorgarlik bo'yicha o'quv-mashg`ulotlari tashkil etildi. O'quv-mashg`ulotlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etdi.micsichi01042021

O'quv-mashg`ulotlar ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilarga  multiindikator klaster kuzatuvlari bo'yicha tushunchalar, savolnomalar tuzilishi, savolnomalardagi savollar mazmun-mohiyati, respondentlarga savollarni to'g`ri, tushunarli tarzda yetkazish, kuzatuv o'tkazish yuzasidan bilim va ko'nikmalar berildi.micsichi101042021

Ikkinchi bosqichda  poytaxtimizning Yunusobod va Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l tumanlaridan tanlangan mahallalarda sinov tariqasida kuzatuvlar o‘tkazildi.  Sinov tariqasida olib borilgan kuzatuvlarda planshetlardan foydalanildi.micsichi201042021

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF tashkiloti ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.micsichi301042021

Malumot ornida: Joriy yilning 5- aprelidan boshlab, kuzatuv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tanlab olingan 726 ta mahallada joylashgan 14520 ta uy xo‘jaliklarida, joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko‘rinishda yig‘iladi.micsichi401042021

micsichi501042021

O'quv-mashg`ulotlar yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan tanlab olingan jami 100 ga yaqin supervayzer va intervyuerlarga Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Matbuot  xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech