Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari Yangihayot tumanidagi “Navqiron”, “Do‘stlik” “Yo‘ldosh”, “Al-Farg’oniy” va “Viqor” mahallalarida uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda. Shuningdek, fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha muammolar o’rganilib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilinmoqda.
Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar ва yo‘laklarni hashar yo’li bilan tozalab, obodonlashtirishmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganilmoqda.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati










