2021- yil noyabr oyida respublikamizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonini o‘rganish maqsadida joriy yilning 6- aprel kuni MDH Statistika qo'mitasi raisi Sokolin Vladimir Leonidovich hamda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida seminar tashkil etildi.

perepisichi107042021

perepisichi207042021

Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosarlari Mahmudjon Ziyadullayev va Zohidjan Ziyayev, markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda videokonferensaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etishdi.

perepisichi307042021

Uchrashuvni qo‘mitasi raisi ochib berib, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ko’rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, ayniqsa, bunda kadrlar malakasini oshirish, joylarda aholi o’rtasida targ’ibot tadbirlarini doimiy o’tkazilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

perepisichi407042021

Uchrashuv davomida V.L. Sokolin xorijiy davlatlarning statistika sohasidagi tajribalari, xususan, demografiya statistikasi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri va COVID-19 pandemiyasi sharoitda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi. Shu bilan birga, 2021- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishda qanday jihatlarga e’tibor berilishi borasida tavsiyalar berdi.

perepisichi507042021

perepisichi607042021

Uchrashuv yakunida V.L. Sokolin ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

Matbuot xizmati