Joriy yilning 6- aprel kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda xalqaro tovar savdosi statistikasi tajribasi va amaliyotiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.
Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.
Tadbirda, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovich va qo‘mita Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar bilan tashqi savdo statistikasini rasmiylashtirish, e’lon qilish va ma’lumotlarni shakllantirishda xalqaro tasniflagichlardan keng foydalanish bo’yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Matbuot xizmati



