08/04/2021

Joriy yil 8- aprel kuni Davlat statistika qo'mitasi hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida vebinar o‘tkazildi.

1ekonomika

Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi vakillari va Jahon banki ekspertlari siyosiy va institutsional harakatlarni ko'rib chiqish, O'zbekistonda yashil o'sish yo'nalishida yagona maqsadli, sektor uchun aylanma iqtisodiyotning (CEAO) harakat ko‘rinishini tavsiya etish, xususan, pandemiya davrida ekologik tiklanishni qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdi.

2ekonomika

3ekonomika

Aytish lozimki, 2020- yil mart oyida Jahon banki Qozog'iston, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida Koreya yashil o'sish trast fondi (KGGTF) tomonidan moliyalashtiriladigan texnik yordam ko'rsatish faoliyatini boshladi. Ushbu faoliyat Jahon bankining iqlim va atrof-muhit bo'yicha Markaziy Osiyo (CLIENT) dasturi doirasida amalga oshiriladi.

4ekonomika

Texnik yordam ko'rsatish faoliyati iqlim o'zgarishi va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

5ekonomika

Ishtirokchilar KGGTF tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan texnik yordam ko'rsatish faoliyati davlatlar o‘rtasida maqsadli loyihalarni amalga oshirish, xodimlar salohiyatini oshirish va axborot almashish sohasida hamkorlik qilish alohida ta’kidladi.

6ekonomikaVebinarda kelgusida ham hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech