09/04/2021

Joriy yilning 8- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasining Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Namangan shahar hokimligida yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

perepisichi109042021

perepisichi209042021

Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i, Namangan  tuman xokimi, tuman kadastr agentligi raxbari, maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman faollari ishtirok etishdi.

perepisichi309042021

Seminarda, Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

perepisichi409042021

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi. Bundan tashqari viloyat statistika xodimlari tomonidan Namangan tumani «Ibrat» va «Ho‘jaqishloq» maxalla fuqarolar yig‘inida kartografik kartalar o‘rganildi.

perepisichi509042021

perepisichi609042021

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech