Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hasharlar tashkil etmoqda.
Jumladan, “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalmoqda.
Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.
“Mahallabay” ishlash tizimida uyma-uy yurib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularning bandligi va salomatligini ta'minlash masalalari nazoratga olinmoqda.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati


