2021- yilning 9- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa shaklida Toshkent davlat transport universtiteti talabalari bilan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.
Vebinarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.G‘. Berdiqulov, boshqarma mas‘ul hodimlari va talabalar ishtirok etishdi.
Vebinarda Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D.D. Yeshniyazov aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, bu bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini o‘zida aks ettirgan taqdimot bilan ishtirok etdi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Matbuot xizmati


