12/04/2021

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.

yangihayotichi1120421

yangihayotichi2120421

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etildi.

yangihayotichi3120421

yangihayotichi4120421

Jumladan, “Yorqin hayot” va “Yo’ldosh” mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

yangihayotichi5120421

yangihayotichi6120421

yangihayotichi7120421

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, foydalanishga topshirildi.

yangihayotichi8120421

yangihayotichi9120421

Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.

yangihayotichi10120421

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati


 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech