Joriy yilning 13- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan S.Ayniy nomidagi o‘rta umumta'lim maktabida hamda Konimex tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi majlislar zalida yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

perepisichi1140421

Unda, viloyat statistika boshqarmasi xodimlari, S.Ayniy nomidagi maktab o‘qituvchilari, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari hamda tuman faollari ishtirok etishdi.

Seminarda, Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

perepisichi2140421

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

perepisichi3140421

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati