14/04/2021

Joriy yilning 13- aprel kuni BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ishchi guruhi hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va FAO o'rmon xo'jaligi masalalari bo'yicha qo'shma bo'limi hamkorligida o’rmon xo’jaligi mahsulotlari statistikasi bo’yicha onlayn seminar tashkil qilindi.

ormonichi1

ormonichi2

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi G'afurova Azima hamda Sanoat statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Guseynova Nailya ishtirok etdi.ormonichi3

Seminarda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 30 dan ortiq statistika xizmatlari vakillari, o'rmon xo'jaligi idoralari mutaxassislari, Birlashgan Millatlar tashkiloti Statistika bo'limi (UNSD), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) ekspertlari ishtirok etdi.ormonichi4

ormonichi5

Sessiya o'rmon xo’jaligi mahsulotlari statistikasi sifatini yaxshilash, milliy ma'lumotlar yig'ish tizimlarining ish salohiyatini oshirish va tajriba almashish uchun mo'ljallangan.

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech