2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
2021- yil 14-16- aprel kunlari Davlat Statistika qo‘mitasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani Qo‘yliqobod, Cho‘lpon, Bunyodkor, Mumtoz, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq Ittifoq, Xorazm viloyati Xiva shahar Tozabog‘, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Markaz mahallalarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli o‘tkazish maqsadida uy joy ro‘yxatini tuzuvchilarni ishga jalb qilish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Matbuot xizmati