16/04/2021

2021- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 432 458 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21,0 %) tashkil qildi.

topikichi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

 Toshkent shahri – 12 886 ta

 Farg‘ona viloyati – 11 131 ta

 Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta

 Namangan viloyati – 7 209 ta

 Surxondaryo viloyati – 7 188 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 35 093 ta

sanoatda – 16 171 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 936 ta

qurilishda – 7 736 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 582 ta

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech