Xiva shahridagi 4- umumta’lim maktabi hamda Qo‘shko‘pir tumani moliya bo‘limida Xiva shahri statistika bo`limi tomonidan “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

perepisichi1190421

Tadbirda, Xiva shahri statistika bo`limi va Qo‘shko‘pir tumani moliya bo‘limi xodimlari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

perepisichi2190421

Seminarda Xiva shahri statistika bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

perepisichi3190421

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

perepisichi4190421

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati