Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

yangihayotichi1190421

yangihayotichi2190421

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.

yangihayotichi3190421

yangihayotichi4190421

yangihayotichi5190421

Jumladan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

yangihayotichi6190421

yangihayotichi7190421

yangihayotichi8190421

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, foydalanishga topshirildi.

yangihayotichi9190421

yangihayotichi10190421

yangihayotichi11190421

Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.

yangihayotichi12190421

 Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati