Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Bekabodichi120042021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hasharlar tashkil etmoqda.

Bekabodichi220042021

Bekabodichi320042021

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

Bekabodichi420042021

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Bekabodichi520042021

Bekabodichi620042021

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi, ko’chatlar ekildi.

Bekabodichi720042021

Ishchi guruhi vakillari “Mahallabay” tizimida mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Sirdaryo MFY istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga aholida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bekabodichi820042021

Bekabodichi920042021

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 

Matbuot xizmati