Joriy yilning 20- aprel kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi 4-umumta’lim maktabi hamda Bekobod tumanidagi madaniyat uyida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.

PEREPISichi121042021

Tadbirda, Yuqori Chirchiq va Bekobod tumanlari statistika bo‘limi xodimlari 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

PEREPISichi221042021

PEREPISichi321042021

Yig‘ilish davomida Yuqori Chirchiq va Bekobod tumanlaridagi mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, turar va noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.

PEREPISichi421042021

Tadbir so‘nggida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati