Joriy yilning 21- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Milliyichi122042021

Unda, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d. professor G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchilari va “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

Milliyichi222042021

Milliyichi322042021

Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O. Mamadaliyev tadbir ishtirokchilarini qo‘mita faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida taqdimot qildi.

Milliyichi422042021

Shuningdek, tadbir davomida universitet o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi.

Milliyichi522042021

Davra suhbati yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldilar.

Milliyichi622042021

Ma'lumot uchun: Davlat statistika qo‘mitasi statistik ma'lumotlardan foydalanuvchilarning keng doirasi, shu jumladan respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan sohaga doir dolzarb mavzularda muntazam ravishda “Davra suhbatlari” o‘tkazib kelmoqda.

Matbuot xizmati