22/04/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p.

mobilichi22042021

2021- yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.  

 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 56 ta

Turkiya – 24 ta

Germaniya – 3 ta

Koreya – 3 ta

AQSh – 3 ta

Litva – 1 ta

Ispaniya – 1 ta

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

2018- yilda – 13 ta

2019- yilda – 39 ta

2020- yilda – 131 ta

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,8 million AQSh dollari sarflangan.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech