22/04/2021

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

qishloqichi1220421

Mazkur grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

2021- yilning 22- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan “Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirish”ga qaratilgan seminar tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi.

qishloqichi2220421

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi.

qishloqichi3220421

Shuningdek, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i G`ulomov Shovkat Abdurahmonovich qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

Videokonferensiyada qo‘mitaning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

qishloqichi4220421

Hududiy statistika boshqarmalari Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech