22/04/2021

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020-yil 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

narxichi1220421

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida 2020- yilda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

narxichi2220421

2021- yilning 22- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan “Narxlar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi.

narxichi3220421

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda narxlar statistikasi oid atamalar, iste’mol narxlari indeksi va inflatsiyani hisoblash usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Shuningdek, Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor Turayevich Narxlar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.

narxichi4220421

Videokonferensiyada qo‘mitaning Narxlar statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Narxlar statistikasi bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

narxichi5220421

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech