Buxoro davlat universitetida “Aholini ro`yxatga olishning mazmun va mohiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

perepisichi1260421

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

perepisichi2260421

Tadbirda talabalarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

perepisichi3260421

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi4260421

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

perepisichi5260421

Seminar yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati